O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun - Azər Həsrət - TURAN-SAM : TURAN Stratejik Ara?t?rmalar Merkezi - http://www.turansam.org









O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun - Azər Həsrət
Tarih: 03.07.2010 > Kaç kez okundu? 6239

Paylaş


Toshkent, O`zA, 02.07.2010 - Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, o‘z davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Ularda xalqimizning ma’naviy-madaniy merosi, tarixi, urf-odat hamda an’analari, orzu umidlari, ezgu maqsadlari mujassamdir. Davlatimizning Bayrog‘i, Madhiyasi, Konstitutsiyasi, milliy puli kabi Gerbi ham ana shunday muqaddas timsollardandir.



Prezidentimiz Islom Karimov 1992 yilning 2 iyulida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi.



Mazkur hujjatga asosan, gerbimiz tasviri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimliklar, davlat qo‘mitalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari binolari, xorijiy mamlakatlardagi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari peshtoqiga o‘rnatilgan.



Gerbimiz tasviri davlat idoralarining muhr va blankalarida, rasmiy nashrlarda, milliy pul, qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalarda, pochta markalarida, fuqarolik pasportlarida aks ettiriladi. Mamlakatimiz davlat chegaralarida barpo etilgan salobatli darvozalardagi Davlat gerbi barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.



O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbida xalqimizning tarixi, orzu-istaklari, qadriyatlari, turmush tarzi, yurtimizning go‘zal tabiati aks etgan. Undagi har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy ma’no bor.



Gullagan vodiy uzra quyoshning zarrin nur sochib turgani serquyosh zaminimiz, nurafshon o‘lkamiz ifodasidir. Purviqor tog‘lar oralab oqayotgan daryolar elimiz ko‘zlagan marralarning sarbalandligi, xalqimizning rizq-ro‘zi butunligi dalolatidir. Gerbning yuqori qismida sakkizburchak ichida moviy osmondagi yarim oy va yulduz aks etgan. Bu milliy an’ana va qadriyatlarimizning boqiyligi, ma’naviyatimiz yuksakligi, iroda va e’tiqodimiz mustahkamligiga ishoradir.



Chambar ichida chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlari hamda bug‘doy boshoqlari tasvirlangan. Paxta va g‘alla farovonlik, to‘kinlik, mo‘l-ko‘lchilik manbai hisoblanadi. Qolaversa, bu qadimdan ona zaminimizda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgani, mamlakatimizning bugungi salohiyatini o‘zida ifodalaydi.



Gerbimiz markazida saodat, erksevarlik, himmat, olijanoblik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushining qanotlarini yozib parvozga shaylanib turgani tasvirlangan. Davlatimiz gerbining pastki qismida, bayrog‘imizni ifodalovchi chambar bandiga barchamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan “O‘zbekiston” so‘zi bitilgan.



Barcha davlat ramzlarimiz qatori gerb ham xalqimizning sha’nu shavkati, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan. U oliy saodat – istiqlolimiz ramzi, o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir.



“O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunda mamlakatimiz fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan o‘zga shaxslar davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart ekani belgilab qo‘yilgan.



Zero, Vatan timsollari milliy g‘ururimizni yuksaltirishga, ona diyorimizga bo‘lgan muhabbat va sadoqatimizni kuchaytirishga, kelajagimizga ishonchimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



KAYNAK: http://www.yalquzaq.com/?p=13656&utm_source=feedburner&utm_medium=email&utm_campaign=Feed%3A+Yalquzaq+%28Yalquzaq.com%29





Yorumlar









Aktif Ziyaretçi 34
Dün Tekil 1947
Bugün Tekil 31
Toplam Tekil 4076760
IP 18.217.228.35






TURAN-SAM PRINTED ISSN: 1308-8041
TURAN-SAM ONLINE ISSN: 1309-4033
Journal is indexed by:





























17 Sevval 1445
Nisan 2024
P
S
P
C
Ct
P
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30


Tanr nasip eder, mr m vefa ederse; Musul, Kerk k ve Adalar geri alaca m. Selanik de dahil Bat Trakya'y T rkiye hudutlar i ine kataca m.
(Mustafa Kemal ATAT RK)


Ekle kar









Anasayfa - Amaç - Hedefimiz - Mefkuremiz - Faaliyetler - Yönetim - Yasal Uyarı - İletişim

Her Hakkı Saklıdır © 2007 - 2023 TURAN-SAM : TURAN Stratejik Araştırmalar Merkezi
Sayfa 1.311 saniyede oluşturulmuştur.

TURAN-SAM rssTURAN-SAM rss
Google Sitemap

"Bu site en iyi mozilla firefox'ta 1280x960 çözünürlükte görüntülenir."

Turan Portal v1.3 | Tasarım TURAN-SAM , Kodlama Serkan Aygün

Turan Nedir?, Bilimsel Dergiler, En popüler Bilimsel Dergi, Endeksli Bilimsel Dergiler, Saygın Bilimsel Dergi, Türk Dünyasının en popüler ve en saygın Bilimsel Hakemli Dergisi, SSCI, SCI, citation index, Turan, Türk Devletleri, Türk Birligi, Türk Dünyası, Türk Cumhuriyetleri, Türki Cumhuriyetler, Özerk Türkler, Öztürkler, Milliyetçi, Türkçü, Turancı, Turan Askerleri, ALLAH'ın askerleri, Turan Birliği, Panturan, Pantürk, Panturkist, Türk, Dünyası, Stratejik, CSR, SAM, Center for Strategical Researches, Araştırma, Merkezi, Türkiye, Ankara, İstanbul, Azer, Azeri, Azerbaycan, Bakü, Kazakistan, Alma-Ata, Astana, Kırgız, Bişkek, Kırgızistan, Özbekistan, Özbek, Taşkent, Türkmen, Türkmenistan, Turkmenistan, Aşxabad, Aşkabat, Ozbekistan, Kazakhstan, Uzbekistan, North, Cyprus, Kıbrıs, MHP, AKP, CHP, TURKEY, Turancılık, KKTC, Vatan, Ülke, Millet, Bayrak, Milliyet, Cumhuriyet, Respublika, Alparslan Türkeş, Atatürk, Elçibey, Bahçeli, Aytmatov, Bahtiyar Vahabzade, Yusuf Akçura, Zeki Velidi Togan, İsmail Gaspıralı, Gaspırinski, Nihal Atsız, Alptekin, Kürşad, Tarih, Kardeş, Xalq, Halk, Milletçi, Milliyetçi, Yürek, Ürek, Türklük, Beynelxalq, Arbitrli, Elmi, Jurnal, Nüfuzlu